Телеграм канал 'Daryo — LIVE'

Daryo — LIVE


69'812 подписчиков
22'313 просмотров на пост

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'572'657 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'775'990'581 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 64953 поста

Angren shahridagi 17-maktab “Telefonsiz maktab” loyihasida g‘olib bo‘lib, viloyat hokimligining 300 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi

Sertifikatni viloyat hokimi Zoir Mirzayevning o‘zi topshirdi.

@daryo_live
Видео/гифка, 171 сек, IMG_5600.MP4

Jizzax shahridagi advokatlar hayʼati advokati Jinoyat kodeksining 165- va boshqa moddalari bilan ayblanib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan o‘z himoyasidagi sudlanuvchiga nisbatan, sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlatib berish evaziga 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan

@daryo_live

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston xalqi nomidan birodar afg‘on xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yetkazish maqsadida Afg‘onistonning Balx viloyatiga jo‘nab ketdi

Jami 8 ta yuk mashinasiga ortilgan insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bug‘doy, 15 ming litr o‘simlik yog‘i, 10 ming dona konservalangan go‘sht, 24 tonna shakar va 22 tonna makaron mahsulotlari hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan qadoqlangan lag‘mon paketlari o‘rin olgan.

@daryo_live

Изображение

❗️DXX xodimlari Sirdaryo va Namanganda soliq hamda majburiy ijro byurosi xodimlarini, Jizzaxda esa advokatni pora bilan qo‘lga oldi

@daryo_live

Видео/гифка, 181 сек, ДХХ - коррупция.mp4

Asakada Nexia-3 yoʻlni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi

Jabrlanuvchi tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

@daryo_live

Видео/гифка, 60 сек, video_2024-04-25_10-56-05.mp4
“Texnik xatolik yuz bergan bo‘lishi mumkin” — “Mehr daftari” hisobidan elektromobillar xarid qilinayotgani haqida

Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qo‘llovchi “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan elektr va gibrid avtomobillar xarid qilgani haqidagi materialiga izoh berdi.

@daryo_live
Изображение
“O‘zgidromet” 26-aprel kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi

Respublikaning baʼzi joylarida shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat 25-30 daraja bo‘ladi.

@daryo_live
Изображение
Oʻzbekiston aholisining 9,4 foizi 60 yoshdan oshgan

2024-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi tarkibida 60 yoshdan yuqori yoshdagilar soni qariyb 3,5 mln kishini tashkil etgan.

@daryo_live
Qozog‘istonda qor yog‘ib, havo 8 darajagacha sovishi kutilmoqda

Sinoptiklar janubiy siklon taʼsirida 25—27-aprel kunlari yog‘ingarchilik kuzatilishini prognoz qildi.

@daryo_live
Изображение
Eduardo Eskobar Chilining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eskobardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

@daryo_live
Изображение

Toshkentda isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida 25-aprel kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi:

➖Olmazor tumani — “Miskin”, “Achaobod”, “Xoncharbogʻ” hamda “Guruchariq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani — “Qatortol” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.

@daryo_live

Rossiya BMTning koinotda qurollanishga qarshi rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

BMT Xavfsizlik kengashining 15 a‘zosidan 13 nafari rezolyutsiya uchun ovoz berdi. Xitoy betaraf qoldi, Rossiya veto sababini taqiq nafaqat yadro quroliga, balki oddiy qurollarga ham tegishli bo‘lishi kerakligi bilan izohladi.

AQSH Moskvani sun‘iy yo’ldoshlarga qarshi yadroviy qurol ishlab chiqarayotganlikda aybladi. Rossiya buni rad etib keladi.

@daryo_live
Изображение

🌦Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Harorat 22-27 daraja bo‘ladi.

@daryo_live

NASA 4G internet tarmogʻini Oyga olib chiqmoqchi — CNN

Oʻz navbatida SpaceX kompaniyasi ham 4G tarmogʻini Oyga olib chiqish borasida harakat boshlagan.

@daryo_live
Изображение
Qozogʻiston bosh vaziri oʻrinbosari Kobulga tashrif buyurib, “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi

Oldinroq Turkmaniston delegatsiyasi ham “Tolibon” bilan savdo va tranzit masalalarini muhokama qilish uchun Kobulga kelgani xabar qilingan edi.

@daryo_live
Изображение
O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston transport koridori orqali 2024-yili 1 mln tonnadan ortiq yuk tashishni rejalashtirilgan

Belarus–Rossiya–Qozog‘iston–O‘zbekiston–Afg‘oniston–Pokiston multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” imzolandi.

@daryo_live
Изображение
Tanzila Norboyeva AQSHning Yuta shtati Senati raisi bilan uchrashuv oʻtkazdi

Muloqot davomida investitsiyaviy, tovar va xizmatlar bozori,  togʻ-kon sanoati, energetika, axborot texnologiyalari sohasida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashildi.

@daryo_live
Изображение

O’zbekistonda 1-yanvar holatiga 60 yoshdan yuqori yoshdagi aholi soni 3 million 467 ming kishini, jami aholi tarkibidagi ulushi esa 9,4 foizini tashkil etgan.

@daryo_live

❗️Bayden Ukrainaga yordam paketi ajratish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi

AQSh prezidenti kecha Senat tomonidan qabul qilingan Ukraina, Isroil va Tayvanga 95 milliard dollarlik yordam ko'rsatish bo‘yicha qonun loyihasini imzoladi.

Ushbu mablag'ning deyarli 61 milliardi Ukrainaga berilishi ko‘zda tutilgan.

@daryo_live
Изображение
Farg‘onada aliment to‘lamay yurgan erkak boshqa xotinining uyidan mast holda topildi

U 13 yildan buyon aliment to‘lamay kelgan.

@daryo_live
Изображение

Найдено 64953 поста