Телеграм канал 'Daryo — LIVE'

Daryo — LIVE


69'593 подписчиков
21'126 просмотров на пост

“Daryo”ning tezkor yangiliklar berib boradigan Telegram kanali

Reklama — http://dy.uz/Z07tA
Tahririyat — @daryo_livebot

Rasmiy kanal – @daryo
Rasmiy kirill – @daryo_kirill
Lifestyle – @daryo_lotin
Sport – @daryo_sport24
Pul — @daryo_pul

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'673'035 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'937'113'663 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 65709 постов

To‘rt donasi 200 ming so‘m — issiqxonada qulupnay yetishtirish bo‘yicha mutaxassisdan tavsiyalar

Bir metr yerga qulupnay ekishdan boshlab, hozirda nafaqat o‘z faoliyatini kengaytirayotgan hamda bu sohada ko‘plab shogirdlar chiqarayotgan gidroponika bo‘yicha mutaxassis Bahodir Madaminov issiqxonada qulupnay yetishtirish va undan yuqori daromad olish bo‘yicha “Daryo” muxbiriga intervyu berdi.

@daryo_live
Видео/гифка, 52 сек, qulpnay tizer+.mp4
Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolandi

Shuningdek, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2024-2026-yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

@daryo_live
Изображение
Ukraina xavfsizlik xizmati Zelenskiyga suiqasd uyushtirishga uringan ikki ukrainalik polkovnikni hibsga oldi

Xavfsizlik xizmati Ukraina rahbariyati vakillariga hujum uyushtirishni reja qilgan butun boshli tarmoqni fosh qilgani xabar qilingan.

@daryo_live
Изображение
Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi ko‘prik 7-9 may kunlari yopilmaydi

Avtotransportlar qatnovi odatdagi rejimda davom etadi.

@daryo_live
Изображение
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 8-may kuni Toshkentning asosiy koʻchalarida Mudofaa vazirligi qoʻshinlari harbiy boʻlinmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari tashkil etiladi

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi (Sagʻbon va Zarqaynar koʻchalari orqali) – Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi – “Chorsu” bozori – Toshkent sirki (Zarqaynar koʻchasi) – “Xalqlar doʻstligi” sanʼat saroyi (Oʻzbeksiton shoh koʻchasi va Furqat koʻchasi) – “Magic City” maydoni (Furqat koʻchasi) yoʻnalishi boʻylab harakatlangan harbiy boʻlinmalarning “Magic City” maydonidagi toʻxtash nuqtasida Faxriy qorovul jamoasi va qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, boʻlinmalarning jangovar chaqirigʻi, harbiy orkestrning difele namoyishlari ijro etiladi.

@daryo_live
Изображение
Surxondaryoda erta bahorda ekilgan “Dakara” navli qovun pishdi

Ayni kunlarda pishib yetilgan qovunlarni aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqarish hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish ishlari boshlanmoqda.

@daryo_live
Изображение
Jinoiy guruhlar Gaiti poytaxtining 90 foizini nazorat qilmoqda — Venesueladagi Rossiya elchixonasi

Gaiti politsiyasi hozirga qadar keng tarqalgan jinoiy guruh bilan kurash olib borishni amallay olmagani xabar qilingan.

@daryo_live
Изображение
Shavkat Mirziyoyev 8-9-may kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi

Vladimir Putinning taklifiga binoan Oʻzbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yigʻilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 79 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

@daryo_live
Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi

Migel Dias-Kanel Kuba delegatsiyasi rahbari sifatida Yevroosiyo Iqtisodiy Kengashi yigʻilishida ham ishtirok etishi aytilgan.

@daryo_live
Изображение
Janubiy Afrikada koʻp qavatli uy qulashi oqibatida kamida 48 kishi vayronalar ostida qolib ketdi

Hodisa Janubiy Afrika Respublikasining Jorj shahrida yuz bergan.

@daryo_live
Изображение

⚡️UzAuto Motors 8-may kuni soat 10:00 da 4 500 dona Lacetti avtomobiliga shartnoma ochilishini eʼlon qildi

“Barcha avtomobillar shu zahoti olib ketish imkoniyati bilan shartnoma tuzish uchun mavjud. Shuningdek, Damas va Labo avtomobillari uchun ham shartnoma tuzishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Qoʻshimcha qilinishicha, avtomobillar narxi oʻzgarishsiz qoladi.

@daryo_live

Turkiya harbiylari Suriya shimolida Kurdiston ishchi partiyasining 4 nafar aʼzosini yoʻq qildi

Kurdiston ishchi partiyasi Turkiya, AQSH va Yevropa Ittifoqida rasman terrorchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

@daryo_live
Изображение
Shavkat Mirziyoyev Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi

Sanoat, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, baliqchilik, logistika, koʻchmas mulk obyektlarini qurish va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi. Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi taʼkidlandi.

@daryo_live
Изображение
Ispaniya vaziri Rafahga hujum ortidan Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

Sira Rego Isroilning Rafahga bostirib kirishi va bombardimon qilishini keskin qoralagan.

@daryo_live
Изображение
Markaziy bank xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 8-mayda amalda boʻladigan qiymatini e’lon qildi

🇺🇸 dollar 12 683,99 soʻm (+35,87)
🇪🇺 yevro 13 647,97 soʻm (+25,94)
🇷🇺 rubl 139,24 soʻm (+0,82)

@daryo_live
Видео/гифка, 21 сек, Dollar.mp4

Bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga Qozog‘istonda eng ko‘p, Turkmanistonda esa eng kam pul mukofoti beriladi.

@daryo_live

Изображение

Найдено 65709 постов