#kitobdan
“Kuniga 3 soat uxlayman. Hozir uxlash emas, ishlash vaqti”, degan gaplar oxirgi paytlar urfga kirdi. Biroq bu qanchalar to‘g‘ri?
Kunlik 6 yoki 7 soatdan kam uyqu immun tizimni ishdan chiqaradi hamda rak kasalligi xavfini 2 barobarga oshiradi. Bundan tashqari normada uxlamaslik Altsgeymer kasalligini rivojlantirishda yaxshigina ozuqa bo‘ladi.
Hafta davomida normadan kam uxlash – tanadagi shakar darajasini ishdan chiqaradi, va bu o‘z-o‘zidan diabetni olib keladi.
Aytgancha, charchaganingizda ko‘p yeyishingizni allaqachon payqagandirsiz? Kam uyqu gormonlar ishlashini o‘zgartiradi, bu esa tolliqanda qorin ochishiga olib keladi.
Shunday gap bor “qancha kam uxlasang hayot chizig‘ing shuncha kamayaveradi.” “O‘lganimda uxlayman”, degan ibora oramizda juda mashhur. Xavotirga o‘rin yo‘q. Hayot tarzingiz va uyqu rejimingizni izga tushirmas ekansiz, ketishingiz yaqin. Shunday ekan uyqungiz ham.
📔 Walker, M. (2017). Why we sleep: Unlocking the power of sleep and dreams. New York, NY: Scribner.
Telegram