Телеграм канал 'Барҳаёт Мелиев'

Барҳаёт Мелиев


126 подписчиков
0 просмотров на пост

Тошкент вилояти ҳокимининг шаҳарлар инфратузилмасини ривожлантириш, ободонлаштириш ва коммунал хўжалик масалалари бўйича ўринбосари Барҳаёт Мелиевнинг телеграммдаги расмий саҳифаси

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'569'019 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'759'814'528 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 501 пост

Noqonuniy baliq ovlaganga qonuniy chora koʼrildi

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan Boʼstonliq tumani, Chirchiq daryosi, Chorbogʼ suv ombori va boshqa hududlardagi soylarda tungi ekologik nazorat tadbirlari oʼtkazildi.

Ushbu oʼtkazilgan reyd tadbirlari natijasida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 90-moddasi, 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi va huquqbuzarlarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobarida jarima chorasi qoʼllanildi.

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan viloyatning tuman hamda shahar hududlarida ekologik nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Instagram I @buxoroviloyatiichkiishlarb1098?si=gswKtBuUKVtB781d" target="_blank">Youtube I Facebook
👍 2
🔥 1
Изображение
Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology
: 8'132 | на пост: 3'237 | ER: 0%
Публикации Упоминания Аналитика
Yuqorichirchiq tumanida tabiatga 6 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Hujjatlar Bosh prokuraturada

Ekologiya, atrof-muhit va iqlim o’zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent viloyati, Yuqorichirchiq tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida nazorat reyd tadbirlari olib borildi.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4078
__

В Юкоричирчикском районе природе нанесен ущерб на сумму более 6 миллиардов сумов. Документы переданы в Генпрокуратуру

Министерство экологии, окружающей среды и изменения климата провело контрольный рейд на реке Чирчик, протекающей по территории Юкоричирчикского района Ташкентской области.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4078

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
👍 1
Изображение
Toshkent viloyati hokimligi
: 14'257 | на пост: 5'101 | ER: 32.2%
Публикации Упоминания Аналитика

#Hokim_farmoyishi

Parkent va Ohangaron hududlaridan oʻtuvchi 4R-15 avtomobil yoʻl boʻyi tartibga keltirilib, "Qizil togʻ" qoʻrgʻoni hududi obodonlashtiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur hududni obodonlashtirish, tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish, atrof tozaligini saqlash maqsadida, 30 dona chiqindi qutilari xarid qilinadi va joylashtiriladi. Buning uchun 100 million soʻmdan ziyod mablagʻ ajratildi.

Batafsil🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌

👍 2
Изображение
Toshkent viloyatida “Yashil belbogʼlar” barpo etilmoqda

Toshkent viloyatida faoliyat koʼrsatayotgan 1,2-toifaga mansub yirik sanoat korxonalarining 173 tasida joriy yil “Yashil makon” umummilliy loyihasi bahorgi mavsumi doirasida 800 ming tup daraxt koʼchatlari ekilib, “Yashil belbogʼlar” tashkil etilishi belgilangan edi. Ushbu reja ijrosi boʼyicha bugungi kunga qadar jami 1.001.000 tup manzarali daraxt koʼchatlari ekilib, reja ortigʼi bilan bajarilishga erishildi.

Ushbu reja bajaralishida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” АJ, Qibray tumanida joylashgan “Sharof Rashidov nomidagi parrandachilik” MChJ, Piskent tumani “Yoʼllardan foydalanish” unitar korxonasi, “Toshkent konch sement” MChJ kabi korxonalar tomonidan belgilangan reja ortigʼi bilan bajarilib faol ishtirok etdi.
Toshkent viloyati hududlaridagi sanoat korxonalarida “Yashil belbogʻ” barpo etish boʼyicha ishlar davom etmoqda.

Kelgusi yillarda ushbu ekilgan daraxtlar unib oʼsishi natijasida sanoat korxonalaridan atmosfera havosiga tashlanayotgan tashlamalar kamayishiga erishilishi shubhasiz. Toshkent viloyati Prokuraturasi hamda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlari “Yashil belbogʼlar” barpo etilishini doimiy nazorat qilib kelmoqda.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Instagram I @buxoroviloyatiichkiishlarb1098?si=gswKtBuUKVtB781d" target="_blank">Youtube I Facebook
👍 2
👏 1
Murojaat joyida bartaraf etildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Olmaliqda ichimlik suvi oqib yotgani haqida avval ham yozgan edik”, mazmunidagi xabar Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Olmaliq shahar boʼlimi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib oʼrganildi.

Mazkur murojaatga befarq boʼlmagan inspektorlar "Toshkent suv ta'minoti" MChJ Olmaliq shahar bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda ko'rsatilgan manzil bo'yicha joyiga chiqib o'rganildi hamda suv oqish holati bartaraf etildi. Ushbu hududda yuqoridagi holat kelgusida yuzaga kelmasligi boʼyicha tegishli masʼullar tomonidan nazoratga olindi.

Oʼz oʼrnida atrof-muhit muhofazasiga befarq boʼlmagan yurtdoshlarimizga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

✍️Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Instagram I @buxoroviloyatiichkiishlarb1098?si=gswKtBuUKVtB781d" target="_blank">Youtube I Facebook
👍 2
Изображение

Найдено 501 пост