Не попадитесь на накрученные каналы! Узнайте, не накручивает ли канал просмотры или подписчиков Проверить канал на накрутку
Прикрепить Телеграм-аккаунт Прикрепить Телеграм-аккаунт

Телеграм канал «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi»

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
27.4K
2.0K
10.0K
9.1K
4.0K
O'zbekiston Badiiy akademiyasining rasmiy telegram kanali

Manzil: Sodiq Azimov koʻchasi, 35,
artacademy@exat.uz,
info@art-academy.uz

facebook.com/badiiy.akademiya
instagram.com/badiiy.akademiya
art-academy.uz
youtube.com/@ozbekiston_badiiy_akademiyasi
Подписчики
Всего
3 395
Сегодня
+12
Просмотров на пост
Всего
516
ER
Общий
15.24%
Суточный
14.11%
Динамика публикаций
Telemetr - сервис глубокой аналитики
телеграм-каналов
Получите подробную информацию о каждом канале
Отберите самые эффективные каналы для
рекламных размещений, по приросту подписчиков,
ER, количеству просмотров на пост и другим метрикам
Анализируйте рекламные посты
и креативы
Узнайте какие посты лучше сработали,
а какие хуже, даже если их давно удалили
Оценивайте эффективность тематики и контента
Узнайте, какую тематику лучше не рекламировать
на канале, а какая зайдет на ура
Попробовать бесплатно
Показано 7 из 27 366 постов
Смотреть все посты
Пост от 24.10.2026 20:19
100
0
2
Xivada “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda

Qadimiy Xiva bugun san’at, adabiyot, musiqa va ijod ahli jam bo‘ladigan xalqaro madaniy muloqot maydoniga aylandi. Shahardagi “Arda Xiva” turistik majmuasida 22–25-oktabr kunlari “Oydin gurunglar – 2026” xalqaro ijodiy forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Madaniyat vazirligi, Boshqaruv samaradorligi agentligi, Amaliy san‘at ijodiy birlashmasi, Markaziy bank va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida tashkil etilgan forumning asosiy maqsadi — ijodiy muloqotni rivojlantirish, milliy san’at va madaniyatimizni keng targ‘ib etish, mahalliy hamda xorijiy ijodkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash.

Forum dasturidan teatr tomoshalari, opera chiqishlari, konsertlar, adabiy uchrashuvlar, mahorat darslari hamda moda va tasviriy san’at ko‘rgazmalari o‘rin olgan. Bu tadbirlar ishtirokchilarga turli san’at yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishish, ijodkorlar bilan muloqot qilish va yangi g‘oyalar bilan ilhomlanish imkonini bermoqda.

Dastur doirasida rassom Bahodir Jalolov bilan mahorat darsi, O‘zbekiston xalq rassomi Madamin Xudoyberganov asarlari ko‘rgazmasi, Fayzulla Ahmadaliyev bilan ijodiy suhbat hamda rassom Elnur Egamovning mahorat darsi, Xorazm yosh rassomlari kartinalari asosida yaratilgan “Daryo” immersiv ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
25-oktabrga qadar davom etadigan “Oydin gurunglar – 2026” — bu tarixiy meros va zamonaviy ijod, milliy qadriyatlar va xalqaro tajriba o‘zaro uyg‘unlashadigan ijodiy makondir.

▫️ Forum dasturi

Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|WiKi|Aloqa
👍 2
Пост от 24.10.2026 19:21
130
0
1
#ÖzBA_rais_kubogi

📝Telegram |📝Facebook | 💻Instagram |🟥YouTube | 🌐Website
👍 1
Пост от 24.10.2026 19:21
97
0
0
#ÖzBA_raisi_kubogi

AndijonISMI, NamanganISMI va QöqonISM jamoalari özaro kuraş olib borgan musobaqa juda qizğin keçdi:
​1-öyin: Mezbon Qöqon jamoasi Namanganlik raqiblarini 4:2 hisobida yirik mağlubiyatga uchratib, turnirni işonçli boşladi.
​2-oʻyin (Dramatik töqnashuv): QöqonISM jamoasi AndijonISMI jamoasi bilan baxs olib bordi. Asosiy vaqt 2:2 hisobidagi jangovar durrang bilan yakunlandi.
​Penaltilar seriyasi: Ğolib va poytaxt yöllanmasi taqdiri keskin kuraşlarga boy penaltilar seriyasida hal qilindi. QöqonISM jamoasi darvozaboni öyin qahramoniga aylanib, jamoamizga uzoq kutilgan ğalabani taqdim etdi!

​👏 Qöqon ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabi jamoasini uşbu muvaffaqiyat bilan qutlaymiz! Toşkentdagi final bosqiçida ham faqat zafar tilaymiz! 🥇
👍 2
🔥 1
Пост от 24.10.2026 19:21
101
0
0
#ÖzBA_raisi_kubogi

Andijon, Namangan va Qöqon ixtisoslaştirilgan san'at maktablari vakillari özaro raqobatlaşgan musobaqa juda qizğin va murosasiz keçdi: Hal qiluvçi bahs keskin kuraşlarga boy böldi. Asosiy setlarda tomonlar bor kuçlarini işga solib, tengma-teng kurash olib borishdi. Ğolib va Toşkentdagi final yöllanmasi taqdiri öta şiddatli kechgan setlarda hal qilindi. Ustozimiz özining yuksak mahorati, irodasi va epçilligini namoyiş etib, raqiblarini mağlubiyatga uçratdi va jamoamizga uzoq kutilgan ğalabani taqdim etdi!

👏 Qöqon ixtisoslaştirilgan sanʼat maktabi ustozini uşbu yuksak muvaffaqiyat bilan ustozni va maktab jamoasini çin dildan qutlaymiz! Toshkentdagi final bosqiçida ham faqat zafar va yuqori natijalar tilaymiz! 🥇
🔥 1
Пост от 24.10.2026 19:10
137
0
1
"Chiqindidan san'atga: plastik paketlardan yaratilgan noyob kashta asarlari" ko‘rgazmasi 🖼
 
2026 yil 23 oktyabr kuni soat 12:00da O‘zbekiston Badiiy Akademyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining kichik ko‘rgazmalar zalida "Plastik paketlardan kashta tikish texnikasida yaratilgan noyob san'at asarlari" ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko'rgazmaning ochilish marosimidan lavhalar

Korgazma loyihasidan asosiy maqsad ekologik muammolarga jamoatchilik e'tiborini qaratish, chiqindilardan qayta ijodiy foydalanishni targ‘ib qilish va ko‘zi ojiz hamda zaif ko‘ruvchi ijodkorlarning salohiyatini keng jamoatchilikka namoyon etishdir.
San'at, ekologiya va inklyuziya bir maydonda
Ko‘rgazmaning o‘ziga xos jihati shundaki, undagi asarlar odatda tashlab yuboriladigan plastik paketlardan qo‘l mehnati bilan yaratilgan. Kundalik hayotda chiqindi sifatida qabul qilinadigan materiallar ijodkorlar qo‘lida rang-barang, mazmunli va o‘ziga xos san'at asarlariga aylanadi.
Loyiha asoschisi Madina Isxakova plastik paketlardan kashta tikishni ekologik g‘oya, ijodiy izlanish va ijtimoiy inklyuziyani birlashtiruvchi yo‘nalish sifatida rivojlantirmoqda.
Ko‘rgazmada ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ijodkorlar tomonidan yaratilgan ishlar namoyish etiladi. Har bir asar ortida muallifning shaxsiy tarixi, orzulari, kechinmalari va hayotga bo‘lgan munosabati mujassam.
Bu asarlar orqali tomoshabinlarga nafaqat estetik qiymatga ega, balki inson imkoniyatlarini faqat ko‘rish qobiliyati bilan baholab bo‘lmasligini ham ko‘rsatadi.
Har bir asar — alohida hikoya
Ko‘rgazmadagi asarlar orqali mehmonlar ozodlik, umid, orzu, tabiat, suv resurslari va inson hayoti haqidagi fikrlar bilan tanishadilar. Ayrim ishlar insonning eng oddiy ko‘ringan orzusi ham qanchalik qadrli ekanini eslatsa, boshqalari tabiatni asrash va atrof-muhitga mas'uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chaqiradi.
Plastik paketlardan yaratilgan har bir kashta — sabr, matonat va ijodiy tafakkur namunasi. Asarlar mehmonlarni chiqindilarga boshqacha nazar bilan qarashga va ularning hayotimizdagi o‘rni haqida mulohaza yuritishga undaydi.
Ekologik mas'uliyat
Ko‘rgazma doirasida ekologik mavzudagi viktorina tashkil etiladi. U orqali mehmonlarning atrof-muhitni muhofaza qilish, plastik chiqindilarni kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish haqidagi bilimlarini oshirishga e'tibor qaratiladi. Viktorina g‘oliblariga sovg‘alar taqdim etiladi.
Loyiha bir martalik iste'mol madaniyati o‘rniga resurslardan oqilona foydalanish, qayta ishlatish va ijodiy yondashuvni targ‘ib qiladi.
Loyihaning maqsadi
Ushbu tashabbus uchta muhim yo‘nalishni birlashtiradi:
• Ekologiya: plastik chiqindilar muammosiga e'tibor qaratish va qayta foydalanish madaniyatini rivojlantirish.
• Inklyuziya: ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi ijodkorlarning mehnati, iste'dodi va ijodiy imkoniyatlarini namoyon etish.
• Ijtimoiy ta'sir: san'at orqali jamiyatda hamdardlik, teng imkoniyatlar va atrof-muhit uchun mas'uliyat tuyg‘usini kuchaytirish.
 Тashkilotchining ishonchiga ko‘ra, ushbu ko‘rgazma san'atning nafaqat go‘zallik yaratish, balki jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga turtki berish imkoniyatini ham namoyon etadi.

⭕️Ko‘rgazma joriy yilning 1 - noyabrgacha davom etadi.

⭕️Kirish bepul.

📌Manzil: Yusuf Xos Xojib ko'chasi, 37 "A".

🌐 Website ✅ Facebook ✈️ Telegram
Изображение
❤ 1
👍 1
👏 1
Пост от 24.10.2026 17:58
62
0
0
🏓O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi: stol tennisi bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi, mini-futbol bahslari davom etmoqda.

Stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tkazilib, yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, tezkorligi, aniqligi va sport mahoratlarini namoyon etdilar.

Stol tennisi bo‘yicha musobaqa natijalari:

🥇 1-o‘rin — Xaydarova Nilufar — Jizzax viloyati.
🥈 2-o‘rin — Sattarova Muqaddas — Surxondaryo viloyati.
🥉3-o‘rin — Ismailova Intizor — Samarqand viloyati.
4-o‘rin — Turg‘unova Dildora — Sirdaryo viloyati.

Mini-futbol bo‘yicha musobaqalar qizg‘in davom etmoqda. Jamoalar maydonda o‘zaro kuch sinashib, g‘alaba uchun bor imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Bellashuvlarda jamoaviy hamjihatlik, tezkorlik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash va sportga xos matonat yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Пост от 24.10.2026 17:55
164
0
1
Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida sportning mini-futbol hamda stol tennisi turlari bo‘yicha O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi kubogi musobaqalari bo'lib o'tdi.

📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website
Смотреть все посты