Телеграм канал 'O’zR ADVOKATLAR PALATASI'

O’zR ADVOKATLAR PALATASI


2'270 подписчиков
936 просмотров на пост

По вопросам и предложениям:

Детальная рекламная статистика будет доступна после прохождения простой процедуры регистрации


Что это дает?
  • Детальная аналитика 5'684'448 каналов
  • Доступ к 1'533'798'153 рекламных постов
  • Поиск по 5'964'419'683 постам
  • Отдача с каждой купленной рекламы
  • Графики динамики изменения показателей канала
  • Где и как размещался канал
  • Детальная статистика по подпискам и отпискам
Telemetr.me

Telemetr.me Подписаться

Аналитика телеграм-каналов - обновления инструмента, новости рынка.

Найдено 545 постов

УСТОЗНИ ХОТИРЛАБ

9 май – “Хотира ва қадрлаш” куни умумхалқ байрами мустақил Ўзбекистонда асрлар давомида қаҳрамона ватанимизни ҳимоя қилган, унинг эркинлиги, мустақиллиги ва халқнинг тинчлиги учун курашган ватандошлар хотирасига бағишланган.
Ўтганларнинг номларини ёд этиш, хотирасини ҳурмат билан эслаш, уларнинг руҳларини шод қилиш муқаддас одат сифатида қон-қонимизга сингиб кетган.
Ўтганлар руҳини ёд этиш, тирикларга меҳр-оқибат кўрсатиш қадрият, қолаверса, ҳар бир кишининг инсонийлик бурчи саналади. Мана шу эзгу фазилатлар «Хотира ва қадрлаш» куни муносабати билан янада ёрқин намоён бўлади.
Дунёдан ўтиб кетган марҳум яқинларимизни доимо яхши сифатлар билан эслаш хам инсонийлик бурчимиздир.
Бу хакда муборак ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз Муҳаммад алайҳиссалом “Дунёдан ўтганларнинг яхши сифатларини эсланглар, уларнинг ёмон сифатларини айтишдан сақланинглар” деганлар.
Биз ўтганларни махсус бир кунда, айни 9 майда хотирлашимиз рамзий маънода бўлиб, аслида ҳар доим ҳар лаҳзада уларни эслаб дуолар қиламиз, уларнинг ҳаёт йўлларини ўрганиб улардан намуналар оламиз. Шунингдек, келажак авлод бўлмиш фарзандларимизга ҳам ўтган аждодларимизнинг ҳаёти биз учун улкан намуна эканини уқтириб келамиз.
Машъум ўлим шу каби инсонлардан бири, Адвокатлар палатаси Сирдарё вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи лавозимида ишлаб келган Иброҳим Иномович Хабибуллаевни 53 ёшида орамиздан олиб кетди.
Жонкуяр раҳбар, намунали оила бошлиғи, суюкли ёр, 5 нафар фарзандларни отаси Иброҳим Иномовичнинг ҳаёт йўли намуна олишга арзигулик ҳисобланар эди.
Иброҳим Хабибуллаев меҳнат фаолиятини 1989 йил оддий ишчиликдан бошлаб, суд идораларида суд мажлиси котиби, Сирдарё вилояти Адлия бошқармаси маслаҳатчиси, Сирдарё туман судининг судьяси, Сирдарё вилоят судининг судьяси ҳамда 2008 йилдан адвокатлик фаолияти билан шуғулланиб, 2024 йилнинг 24 апрель кунига қадар, Адвокатлар палатасининг Сирдарё вилояти ҳудудий бошқармаси бошлиғи лавозимларида ишлаган.
Иброҳим Хабибуллаевнинг ёрқин хотираси Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси жамоаси ва худудий бошқарма ходимлари қалбида абадий сақланади.

Ўзбекистон Республикаси Адвокатлар палатаси
Сирдарё вилояти ҳудудий бошқармаси жамоаси
🙏 12
👍 2
🙏 9
🔥 6
Видео/гифка, 63 сек, И.Х.mp4
Фахрийлар эъзозда ва уларни доимо қадрлаймиз!

Бугун 8 май куни, Адвокатлар палатаси Наманган вилояти ҳудудий бошқармаси томонидан “Хотира ва қадрлаш куни” муносабати билан Инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилишда Қонун устуворлигини таъминлашда узоқ йиллардан буён самарали меҳнат қилиб, нафақага чиққан бир гуруҳ Фахрий адвокатлар учун бир пиёла чой ташкил қилиниб, уларни қимматли суҳбатларидан баҳраманд бўлд
ик.
👍 7
Изображение
👍 5
🔥 1
Изображение
👍 6
👏 2
Изображение

Ushbu rolikda TDYUUning binosida “Advokat va bitiruvchi talaba yoshlarining uchrashuvi”dan lavhalar joy olgan. Unda Toshkent shahrining advokatlaridan Amrulla Axmedov, Kamoliddin Baxouddinov va YuMOMning “Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Zafar Raxmonov mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari.

👍 10
👏 3
Видео/гифка, 418 сек, юридический университет.mp4
XALQARO HAMKORLIK ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA!

Bugun, 7 may kuni, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining binosida, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov bilan Konrad Adenauer nomidagi Fondning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Andre Al'germissen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
👍 10
👏 2
Изображение
TDYUUning BITIRUVCHI TALABALARI BILAN ADVOKATLARNING UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

Bugun 7 may kuni, Toshkent davlat yuridik universitetining binosida, Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Respublika Advokatlar palatasi hamkorligida universitetning bitiruvchi talaba-yoshlari bilan Uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvda Yuristlar malakasini oshirish markazi Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish kafedrasi katta o‘qituvchisi Zafar Raxmonov, “Xususiy huquqiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi B.Raximberganova, Axborot resurs markazi bosh mutaxassisi M.Tolipova hamda Advokatlar palatasi tomonidan Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘lim boshlig‘i S.Salimova va advokatlardan A.Axmedov, A.Abdullaev, K.Baxouddinov, J.Xalikovlar ishtirok etdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
👍 9
👏 2
Изображение
QASHQADARYO ADVOKATLARI BILAN PALATA RAISINING UCHRASHUVI BO‘LDI

2024 yilning 4 may kuni, Qarshi shahar Madaniyat saroyi bo‘limining binosida, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov bilan Qashqarayo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan advokatlar bilan “Ochiq muloqot” bo‘lib o‘tdi. Ushbu “Ochiq muloqot”da O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi boshchiligida, Palata raisining o‘rinbosari Asliddin Maxammadiev, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi Uslubiy Kengashi raisi Baxrom Salomov, Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xurshida Urakova, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B.Turdievlar ishtirok etdilar. Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 181 nafar advokatlar qatnashdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
👍 9
Изображение
FARG‘ONADA SOHA VAKILLARI O‘RTASIDA QIZIQARLI MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 4 may kuni Farg‘ona shahar San'at kollejida Farg‘ona Viloyat sudi raisi A.Utaev, Iqtisodiy ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati raisi A.Abduraxmanov, Farg‘ona viloyat Ma'muriy sudining raisi D.Maxammatovlar ishtirokida “Fuqarolarni qonuniy huquq va manfaatlarinini himoya qilish advokatlik faoliyatini amalga oshirishda muammo va to‘sqinliklarni bartaraf etish” mavzusiga qaratilgan “Ochiq muloqot” tashkillashtirildi.
Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tizimidagi faoliyatdagi advokatlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishni hududiy boshqarma boshlig‘i Umid Butaboev olib bordi. Dastlab yig‘ilishda Farg‘ona Viloyat sudi raisi A.Utaev so‘zga chiqib, advokatlarga sudlardagi hozirgi kundagi muammolarni va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni bayon etdi.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
👍 9
👏 1
Изображение
“OCHIQ MULOQOT” JIZZAXDA!

Ayni damlarda, O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi Shuxrat Sadikov respublikamizning yana bir viloyatlaridan Jizzax viloyatida xizmat safari uyushtirdi.
2024 yilning 3 may kuni, Advokatlar palatasi raisi boshchiligida, Palata raisining o‘rinbosari Asliddin Maxammadiev, Palataning bosh buxgalteri Sherzod Usmonov, Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tizimidagi advokatlik tuzilmalarida faoliyat yuritayotgan advokatlar bilan “Ochiq muloqot” o‘tkazish maqsadida, Jizzax viloyatiga yetib keldi.
Mazkur Uchrashuv Jizzax shahar Davlat xizmatlari markazining majlislar zalida bo‘lib, unda hududiy boshqarma boshlig‘i Baxtiyar Umurzaqov va faoliyatdagi 100 ga yaqin advokatlar ishtirok etdilar.

|🌐 Paruz.uz |🚀Telegram |🔵 Facebook |🇺🇿Ўзбек Кирилл |Instagram|
👍 10
👏 1
Изображение
“YIL ADVOKATI-2023” G’OLIBLARI MA'RUZALARI SERIYASI: Navoiy viloyati yuridik texnikumi

Bugun biz Navoiyga tashrif buyurdik! Dilfuza G‘aybullaeva Navoiy viloyati yuridik texnikumi talabalari bilan uchrashib, ularning advokatlik faoliyatini boshlash va O‘zbekistonda yosh huquqshunoslar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan bog‘liq savollariga javob berdi.
👍 6
👏 3
Изображение

Найдено 545 постов