❗ Bugun tongda isroil Eron Islom davlatiga qarshi yirik ko'lamli "Rising Lion" gibrid operatsiyasini boshladi
- “Axios” nashri xabariga ko'ra "Mossad" agentlari Eron ichkarisada turib bir qancha yuqori lavozimdagi shaxslar, havo xujumidan mudofaa tizimlari, strategik raketa obyektlariga diversion xujum operatsiyalarini o'tkazishgan.
- "Tasnim" nashrining xabariga ko'ra Eronning Yadroviy fizik olimlari Muhammad Mahdi Tehronchi va Faridun Abbosiy bunday hujumlar natijasida halok bo‘lgan.
Bundan tashqari Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Muhammad Bokeriy ham halok bo'lgani aytiladi.
- isroil Mudofaa armiyasi Eron Islom Respublikasining yadroviy dasturi va raketa salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan keng ko‘lamli operatsiya (Am Ke-lavi) boshlanganini e’lon qildi.
Operatsiya boshlanishining asosiy sabablari:
Yadroviy qurol tahdidi: Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Eron yadroviy arsenal yaratishning yakuniy bosqichiga yaqin. Mamlakatda 15 ta yadroviy jangovar kallak tayyorlashga yetarli boyitilgan uran bor.
“Operatsiya yakunlangach, yadroviy tahdid qolmaydi,” — deya bildirgan isroil vakillari.