#Gʻalaba
⚽️ Bugun Farg‘ona shahridagi “Istiqlol” stadionida Superliga bahslarining 3-tur o‘yinlari doirasida sevimli "Neftchi" jamoamiz Andijonning “Andijon” futbol klubiga qarshi maydonga chiqdi.
Vodiy derbisi maqomidagi keskin va murosasiz bahsda “Neftchi” futbolchilari maydonda to‘liq ustunlikni namoyish etib, raqibini yirik hisobda mag‘lub etdi — 3:0.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida tashabbusni qo‘lga olgan mezbonlar 42-daqiqada hisobni ochdi. Alisher Odilov aniq zarba bilan jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda “Neftchi” bosimini yanada kuchaytirdi. 50-daqiqada Jamshid Iskandarov hisobni ikkitaga yetkazgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, 56-daqiqada Anvarjon G‘ofurov uchinchi golni urib, uchrashuv taqdiriga yakuniy nuqta qo‘ydi.
Ishonchli va mazmunli o‘yin ko‘rsatgan “Neftchi” ushbu g‘alaba orqali yana bir bor Superliga chempionligi uchun asosiy da’vogarlardan biri ekanini amalda isbotladi.
Olg‘a “Neftchi”, olg‘a Farg‘ona!
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X